Xalqaro Nordik Universiteti barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat tamoyillariga sodiq qolgan holda, har yili elektr energiyasi iste’molini tahlil qilib boradi. Quyida 2022–2024-yillar davomida universitet tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi ko‘rsatkichlari keltirilgan:

Yil
Iste’mol (kWh)
2022
99,600 kWh
2023
124,600 kWh
2024
96,800 kWh


🔹 2023-yilda elektr energiyasi iste’molining sezilarli oshishi yangi binolarning ishga tushirilishi va ilmiy laboratoriyalar faoliyati kengayishi bilan bog‘liq.

🔹 2024-yilda esa energiya iste’moli kamaygani — universitet tomonidan energiya samarador qurilmalar, quyosh panellari, LED yoritgichlar, va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari joriy etilganini ko‘rsatadi.

🔹 Universitetda “Yashil kampus” tashabbusi doirasida harakat sensorli yoritish tizimlari va elektrni tejovchi texnologiyalar tadbiq etish rejalashtirilgan.

🔹 Talaba va xodimlar o‘rtasida energiya tejash bo‘yicha ekologik ma’rifat targ‘iboti olib borilmoqda.