Xalqaro Nordik universiteti talabalari va xodimlari sog‘lig‘ini nazorat qilish va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash markazi tashkil etilgan.
Ushbu markaz zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
Birlamchi tibbiy yordam – talabalar va xodimlar turli sog‘liq muammolari yuzasidan shifokor maslahatini olishlari mumkin.
Dori-darmon bilan ta’minlash – markazda zaruriy tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, shoshilinch holatlarda bemorlarga yordam beriladi.
Profilaktika va maslahat – sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oldini olish va tibbiy maslahat berish bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi.
Favqulodda tibbiy yordam – universitet hududida kutilmagan sog‘liq muammolari yuzaga kelganda tezkor tibbiy choralar ko‘riladi.
Markazda shinam muhit yaratilgan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar mavjud. Zamonaviy tibbiyot shkafi, yotoq joyi va kerakli tibbiy jihozlar yordamida sifatli xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, markaz xodimlari universitet jamoasining farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.