Xalqaro Nordik Universiteti ekologik barqarorlikka intilar ekan, har yili toza suv resurslaridan foydalanganlik holatini monitoring qiladi. Quyida 2022-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan tozalangan ichimlik suvi iste’moli keltirilgan:
Yil | Suv iste’moli (m³) |
---|---|
2022 | 1,190 |
2023 | 1,400 |
2024 | 1,775 |
🔹 Har yili suv iste’moli o‘sib bormoqda. Bu universitet infratuzilmasining kengayishi, talabalar sonining ortishi va yangi binolarning ishga tushirilishi bilan bog‘liq.
🔹 Universitetda suvdan samarali foydalanish va qayta ishlash bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
🔹 2025-yildan boshlab aqlli suv hisoblagichlar va yuqori samarali sanitariya tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan.
🔹 Universitet o‘zining Yashil universitet dasturi doirasida suv tejash bo‘yicha kampaniyalar, talabalar va xodimlar uchun eko-treninglar tashkil etmoqda.