XALQARO NORDIK UNIVERSITETI FLORASI 🌿🌸

Universiteting barcha qavatlarida yashil muhit

  • Universitetimizning barcha qavatlari va xonalarida 50 dan ortiq turdagi gullar o‘stirilgan.
  • Xonalar, kutubxonalar, o‘quv zallari va ish xonalarida turli o‘simliklar havo namligini tartibga solib, tabiiy mikroiqlim yaratadi.
  • Deraza oldilarida joylashgan yorqin gullar, yashil o‘simliklar kampus muhitini yanada qulay va estetik jihatdan jozibador qiladi.


🌱 Yashil o‘simliklarning ahamiyati

  • Havoni tozalaydi – universitet ichki muhitidagi karbonat angidrid miqdorini kamaytirib, toza havo bilan ta’minlaydi.
  • Sokinlik va produktivlikni oshiradi – yashil o‘simliklar talaba va o‘qituvchilarning stress darajasini kamaytirib, samaradorlikni oshiradi.
  • Ekologik barqarorlikka hissa qo‘shadi – yashil hudud universitetimizning Yashil Universitet tamoyillariga mos ravishda GreenMetric reytingi talablariga javob berishini ta’minlaydi.

Universitetimiz yashil hudud va florani rivojlantirish bo‘yicha doimiy ravishda ishlamoqda. Talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar yashil muhitni saqlash va gullarni parvarish qilishda ishtirok etishadi.