Ushbu maqola atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, sanoat korxonalarining atrof muhitga ta’sirinikamaytirish orqali ekologik holatni yaxshilashda ESG tamoyillarini joriy etish ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqot sanoatkorxonalarining ekologik ta’sirini tahlil qiladi va ESG tamoyillarini qo‘llash istiqbollarini atrof-muhitga salbiy ta’sirlarnikamaytirish bo‘yicha o‘ziga xos yondashuvlarni o‘rganadi. Shunindgdek, ushbu tadqiqot ESG samaradorligining asosiyglobal ko‘rsatkichlarini tahlil etadi, ESG mezonalarini qo’llash darajasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishva chiqindilarni qayta ishlash ko‘rsatkichlari turli sanoat tarmoqlari bo‘yicha baholaydi. Shuningdek, ESG integratsiyasigato‘siq bo‘luvchi omillar sifatida huquqiy chora tadbrilarning yetishmasligi, moliyaviy cheklovlar va standartlashtirilganmezonlarning yetishmasligi aniqladi. ESG tamoyillarini kengroq joriy etish uchun ushbu tadqiqot ekologik me’yorlarnikuchaytirish, barqaror texnologiyalarni rivojlantirish, moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, korporativ ESG xabardorligini oshirish hamda monitoring va hisobot uchun raqamli vositalardan foydalanishni taklif qiladi.