SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI BAHOLASH (Avtoreferat)- 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti

Muallif: Turg‘unov Jasurbek Alimardon o‘g‘li

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon iqtisodiy tizimida sanoat korxonalari faoliyatining atrof-muxitga taʼsirini baholash masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon ekologik barqarorlikni taʼminlash, resurslardan samarali foydalanish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. “2020-yilda jahonda 2,24 milliard tonna qattiq chiqindi hosil bo‘lib, ularning faqat 17 foizi qayta ishlangan. 2050-yilga borib, aholining o‘sishi va urbanizatsiya jarayonlari natijasida bu ko‘rsatkich 73 foizga ortib, 3,88 milliard tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda”1. Bunday holat sanoat faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, energiya sarfini optimallashtirish va uglerod izini qisqartirish bo‘yicha samarali strategiyalarni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlar ekologik monitoring tizimlaridan foydalanish va qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga intilmoqda. Shu tariqa, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavflarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda kuchaytirilmoqda. 

BATAFSIL o'qish uchun yuklab oling 👇👇👇

PDF yuklab olish