"Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi.
O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 54 foizga teng.
Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdir.
Shu nuqtai nazardan bugungi konferensiya yoshlarga suv resurslarini barqaror boshqarish va iqlim barqarorligi yo‘lida yangi yondashuvlarni o‘rganishda qo‘l keladi.
Yoshlarga mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash orqali Markaziy Osiyoning kelajagini barqarorlashtirishda faol ishtirok etishda bebaho imkoniyat va tajribalar taqdim etadi."