Zomin tumanida "International Business Forum-Jizzakh 2025" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda.30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari, Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, mutaxassislar va olimlar ishtirok etayotgan forumda investitsion, turizm salohiyati va yuqori inson kapitali ustunliklari namoyish etilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida "yashil transformatsiya", agrosanoat rivojlanishi, investitsiyaviy loyihalarni o‘zlashtirish darajasi xususida so‘z bordi.
Xalqaro Nordik universiteti rasmiy delegati N.Islamov B2B formatdagi muzokaralar davomida O‘mon Sultonligi biznes vakillari, xususan "Oman Trading Establishment Group" (2021-yil Forbes ro‘yxatiga kirgan) kompaniya rahbari S.Mohamed va "GreenOasis AG" direktori S.Muhammad bilan istiqbolli loyihalar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
😎Endilikda hamkorlarimiz qatorida Forbes ro‘yxatidagi investorlar ham bor!