🌿 O‘zbekistonning yashil islohotlari dunyo nigohida

Koreya Respublikasining Goyang shahrida o‘tkazilgan Butunjahon mahalliy hukumat iqlim sammitida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi. 

Xalqaro Nordik universiteti va ICLEI tashkilotining Sharqiy Osiyo kotibiyati hamkorligida tashkil etilgan ushbu sammit “Hamma uchun ilmiy asoslangan yashil transformatsiya” mavzusiga bag‘ishlandi.

Sammit doirasida iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish, barqaror rivojlanish yo‘llari va yashil transformatsiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

Delegatsiyamiz O‘zbekistonning barqarorlik yo‘lidagi islohotlarini xalqaro jamoatchilikka taqdim qilib, global tajriba almashinuvida faol ishtirok etdi. Bu ishtirok kelajak avlodlar uchun yashil va barqaror hayot sari yana bir muhim qadam bo‘ldi.