EKSKURSIYA: amaliy jarayon aslida qanday?

Bugun konferensiya ishtirokchilari uchun Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti, Nordik universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida "Suvchilar maktabi"ga ekskursiya uyushtirildi. 

Amaliy jarayonlarda tomchilatib sug‘orish, quyosh energiyasi va meteorologiya stansiyalari kabi innovatsiyalar ko‘rildi. 

Suvni tejovchi texnologiyalar asosida "Suv - energiya - oziq-ovqat - ekotizim" aloqasi yechimlari bilan tanishildi.