Finlyandiyaning yashil texnologiyalari Qo‘qonda tatbiq etiladi

Finlyandiyaning "Kauko Internatonal" kompaniyasi direktori Niiles Airola va Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Unda fin kompaniyasining eng muvofiq yechimlarga integratsiyalashgan faoliyati xususida ma'lumotlar berildi.

Nufuzli mehmon Finlyandiya nafaqat Yevropada, balki dunyodagi eng toza va yashil mamlakatlardan ekani, qayta ishlash darajasi 98% ni tashkil etishi va fin tajribalarini O‘zbekiston, xususan Qo‘qon shahrida tatbiq etishning ahamiyatiga to‘xtaldi. 

Shahar hokimi yashil innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.