XNU hamkori - Finlyandiyaning savdo va loyihalar bilan ishlashda katta tajribaga ega kompaniyasi bosh direktori Niiles Airola Qo‘qon shahar hokimligi mutasaddilari hamrohligida investitsiya maydonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida fin mutaxassisiga Qo‘qonda yashil islohotlarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash (shaharda bir yillik chiqindi miqdori 126 tonnani tashkil etadi) loyihasini amalga oshirishda mavjud shart-sharoitlar haqida ma'lumotlar berildi. Har ikki tomon uchun manfaatli takliflar ilgari surilib, hamkorlikka kelishildi.