Ilm-fan - ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xalqaro Nordik universiteti va Green Oasis Agriculture (Ummon sultonligi) kompaniyasi rahbariyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda atrof-muhit, yashil olamga foydali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, Yevropa, Osiyo va Sharq mamlakatlariga eksport qiluvchi investor-kompaniyaning 28 yillik tajribalari bilan tanishildi. 

Uchrashuv davomida ilm-fan - ishlab chiqarish integratsiyasiga asoslangan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.