Mintaqaviy konferensiya Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar elchilari, YIning Markaziy Osiyodagi delegatsiyalari, BMT va JSST, YXHTning O‘zbekistondagi vakillari va yetakchi yoshlar ishtirokida o‘tmoqda.
- Suv sohasida Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo hamkorligining istiqboli qanday?
- Bunga qanday erishish mumkin?
- Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va moliyasi nima?
- Nima uchun yoshlar suv xo‘jaligiga qiziqishi kerak?
- Yoshlarning o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi?
Xalqaro suv xoʻjaligi institutining (IWMI) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari va IWMI Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Barbara Yanush-Pawletta moderatorligida dolzarb savollar doirasida panel sessiya o‘tkazildi.
Ishtirokchilarni oldinda turli interaktiv tadbirlar, master-klass seminarlari, nexus dialog o‘yinlari, sayohat va kino kechasi kutmoqda.