Nordik universiteti - mintaqaviy muloqot maydoniga aylandi!

Markaziy Osiyoda suv inqirozini hal qilishda yoshlarning roli qanday?

Bugungi konferensiyani kuzatib, bu savolga ijobiy javoblar oldik. 

Nordik universitetida davom etgan muloqotda iqlim barqarorligi va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha harakatlarda yoshlarning ta'sirini kengaytirishga ahamiyat qaratildi. 

Suvdan foydalanish samaradorligi, tejamkorlik va suv diplomatiyasi kabi manfaatli mavzular Markaziy Osiyo davlatlaridan jam bo‘lgan yosh tadqiqotchilarning keng muhokamalariga sabab bo‘ldi.