Nordik jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Navro‘zi olam oldidan obodonlashtirish tadbiri o‘tkazdilar.
Gul ko‘chatlari ekilib, bahorgi ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarildi. Atrof-muhit yanada yashil va go‘zal qiyofa kasb etdi.
Shuningdek, daraxtlar oqlandi, hudud tartibga keltirilib, ozodalik kasb etdi va fayzli tusga kirdi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida tabiatga e’tibor berildi. Toza va yashil makon uchun yana bir qadam bo‘ldi.