Universitet doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Tadqiqotchi Elshod Umarov yashil iqtisodiyot rivojlanishining ishlab chiqarish resurslariga ta'sirini baholash mexanizmlari, Ilyosbek Abdug‘aniyev esa sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish istiqbollari masalalarida ilmiy izlanishlar olib boryaptilar.
Ilmiy-uslubiy seminarda monitoring o‘tkazildi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odil Qo‘ysinov tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyat va ilmiy jarayonni boshqarish ko‘nikmalari oshirildi.