Xalqaro biznes-forum qizg‘in davom etmoqda. Finlyandiyadagi aqlli va barqaror suv yechimlari borasida taqdimotlar amalga oshirilmoqda.
Universitetimizning Finlyandiyadagi hamkorlaridan biri "Finnish Water Forum" kompaniyasi mas’uli janob Arvo Nerman suv forumi, uning maqsadlari va O‘zbekistonda ushbu tizimga olib kirishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalari xususida ma’ruza qildi. Mavzu yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.