🎙Shavkat HAMROYEV, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri

"Suv resurslari Markaziy Osiyoning beshta davlatini birlashtiruvchi omildir. Bugungi konferensiyada biz sohada mavjud masala va muammolarga birgalikda yechim topamiz. 

Suv xo‘jaligi bo‘yicha ta'lim olayotgan yoshlarning ko‘pligi bizni quvontirmoqda. Agar yoshlarimiz kelib biz bilan birga ishlasalar, albatta xursand bo‘lamiz. 

O‘zbekiston suv xo‘jaligiga bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Suv boshqaruvida davlat-xususiy sherikligi yo‘lga qo‘yilyapti. Barcha yoshlarni amaliyot o‘tashga taklif qilamiz va suv taqsimlanishi, monitoring jarayonlari, mavjud suv resurslaridan foydalanish sxemalari bilan yaqindan tanishasizlar."