ICLEI yetakchilari O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, nufuzli mehmonlar Toshkent shahar hokimligida ham bo‘ldilar.
Uchrashuvlarda xalqaro ekspertlar shaharlarning barqaror rivojlanishi uchun zarur strategiya va harakatlar, innovatsion ekotizimni barpo etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar.
ICLEI delegatsiyasi a'zolari hukumatimiz vakillariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini qabul qilish va yashil qurilish amaliyoti borasida texnik maslahat va tavsiyalar berdilar.