Nordik universiteti rasmiy delegati N. Islamov Xitoy Xalq Respublikasida "Yashil va kam uglerodli shahar transformatsiyasi hamda sanoat kooperatsiyasi" mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Anjumanda delegatlar tomonidan yashil texnologiyalar va kam uglerodli rivojlanish tamoyillarini qo‘llash bo‘yicha samarali yondashuvlar keng muhokama qilindi.
Davra suhbatida O‘zbekiston, xususan Xalqaro Nordik universitetida shaharlar infratuzilmasini ekologik talablar asosida yangilash, yashil energiya manbalaridan foydalanish, sanoat korxonalari o‘rtasida ekologik hamkorlikni rivojlantirish va uglerod izini kamaytirish bo‘yicha tashabbuslar hamda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, sanoat yetakchilari, ekolog mutaxassislar, innovatsion texnologiyalar sohasidagi tadbirkorlar va akademik olimlar ishtirok etgan anjumanda barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.