Ushbu maqola mamlakatimiz sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishidagi ekologik jihatlarnitahlil qiladi. Sanoat tarmoqlarining kengayishi iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda, biroq bujarayon ko‘plab ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, atmosfera havosining ifloslanishi, suvresurslarining kamayishi va ifloslanishi, sanoat chiqindilarining ko‘payishi, yerlarning degradatsiyasi va aholiningsog‘lig‘iga salbiy ta’sirlar aniqlangan. Tadqiqotda ushbu muammolarning asosiy omillari, tarmoqlar bo‘yichaguruhlanishi, atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sir darajalari va mavjud holat tahlillar orqali yoritilgan. Shuningdek, yashilva kam uglerodli rivojlanishni ta’minlagan sanoat korxonalariga imoliyaviy imtiyozlar berish, qayta ishlash vautilizatsiya qilish quvvatlarini kengaytirish, monitoring stansiyalarini o‘rnatishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola O‘zbekistonda sanoat va ekologik muvozanatni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.