📰 Yevropaning yashil poytaxti: xorijiy ekologik tajribalar

Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulovning ilmiy maqolasi yangi innovatsion ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ilmiy ommabop jurnalda nashr qilindi.

Yashil iqtisodiyot va taraqqiyotga bag‘ishlangan maxsus ilk sonda chop etilgan "Yevropaning yashil poytaxti" sarlavhali ushbu maqolada Finlandiyaning Laxti shahri xususida so‘z borgan. 

Ekologik ta'lim-tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni qanday? Yevropadagi shaharlar qanday qilib atrof-muhitning barqarorligi va ekologik mo‘tadillikni saqlagan holda rivojlanmoqda? 

Maqola orqali shu kabi ko‘plab savollarga javob topish mumkin. Zero, xorijiy tajribalar aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan jamoatchilik harakatini shakllantirishda muhim ahamiyatlidir.